Ommaviy diktant g‘oliblari taqdirlandi

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida ommaviy diktant tashkil etilgan edi.

Tadbirda institut professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar faol ishtirok etib, davlat tili bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

Ommaviy tadbirning g‘olib va sovrindorlari aniqlanib, partiya tomonidan tayyorlangan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

NukusDPI matbuot xizmati.