“Dolzarb 90 kun”: Talabalar “Zakovat Quiz”da o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va bilimlarini baholash maqsadida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida “Zakovat Quiz” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Har bir fakultetdan ikki jamoadan ishtirok etgan o‘yinda yoshlar umumiy 8 raunddan iborat qiziqarli va mantiqiy savollarga javob berishga harakat qilishdi.

Intellektual o‘yin yakunida:

1-o‘rin – Tarix fakulteti;

2-o‘rin – Pedagogika fakulteti;

3-o‘rin – Boshlang‘ich ta’lim fakulteti jamoalariga nasib etdi.

NukusDPI matbuot xizmati.