Xushxabar! NukusDPI talabasi Sardorbek Yuldashev “Besh tashabbus olimpiadasi”ning respublika final bosqichida g‘olib bo‘ldi

Poytaxtimiz Nukus shahridagi “Do‘stlik” kanali bo‘yidagi Yoshlar maydonchasida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning Workout sport turi bo‘yicha respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Quvonarlisi, musobaqada Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakultetining 2-kurs talabasi Sardorbek Yuldashev barcha raqiblariga nisbatan eng yuqori ko‘rsatkichga erishib, 1-o‘rinni egalladi va “Besh tashabbus olimpiadasi”ning respublika final bosqichi g‘olibi bo‘ldi.
Institut rektori g‘olib talabamiz va uning ustozlarini qabul qilib, respublika musobaqasida qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan tabrikladi.
Sportchini musobaqaga dotsent Duysenbay Karimov tayyorladi.
NukusDPI matbuot xizmati.

