Institut rektori muvaffaqiyatlarga erishgan talabalarni tabrikladi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Fizika-matematika fakultetida iqtidorli, bilimli va tengdoshlariga o‘rnak bo‘ladigan talabalar juda ko‘pchilikni tashkil etadi.
Jumladan, fakultetning kechki ta’lim yo‘nalishining 3-kurs talabalari – Zilola Allakova Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining qarori bilan “Umid uchquni” ko‘krak nishoni bilan, Gulmira Nuranova talaba-yoshlar o‘rtasida “Men giyohvandlikka qarshiman” shiori ostida o‘tkazilgan ijodiy ishlar tanlovining yakuniy bosqichida faol ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
Institut rektori Quvondiq Qodirov ana shunday yuqori natijalarga erishgan yoshlarni tabriklab, ularning kelgusi o‘quv va ilmiy-ijodiy ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
NukusDPI matbuot xizmati.
