Xushxabar! NukusDPI talabasi Kamronbek Karimbayev “Vazir kubogi” musobaqasining final bosqichida faxrli o‘rinni egalladi

Joriy yilning 18-20-iyun kunlari Toshkent viloyatida kurash sport turi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri kubogi uchun musobaqaning final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada 73 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakultetining 3-kurs talabasi Kamronbek Karimbayev faxrli 3-o‘rinni egallab, “Vazir kubogi” musobaqasining bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Sportchini musobaqaga malakali murabbiy Rustem Urazov tayyorladi.

NukusDPI matbuot xizmati.