Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi

Bugun, 26-iyun kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yoshlarga giyohvandlikning zararli oqibatlari haqida ma’lumotlar berish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga yo‘naltirildi.
Tadbirda yoshlar tarbiyasiga mas’ul mutaxassislar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda institut profilaktika inspektori Adilbay Mambetsheripov giyohvandlikning inson salomatligi, ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan qonunlar va dasturlar haqida tushunchalar berildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
