“Dolzarb 90 kun”: Mahalla bolalari o‘rtasida musobaqa tashkil etildi

Avval xabar berganimizdek, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida institut atrofidagi mahallalar bolalari uchun yozgi ta’til davrini mazmunli o‘tkazish maqsadida futbol bo‘yicha sport to‘garagi tashkil etilgan edi.

Institutning Jismoniy madaniyat fakulteti tomonidan ushbu to‘garak a’zolari bo‘lgan bolalar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqada bolalar murabbiylaridan o‘rgangan amaliy ko‘nikmalarini hamda o‘zlarining sport mahoratlarini namoyish etishga harakat qildi.

NukusDPI matbuot xizmati.