Xushxabar! NukusDPI o‘qituvchisi Qonisbay Sarsenbayev “Umid uchquni” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining 2025-yil 25-iyundagi qaroriga muvofiq, har tomonlama faol va tengdoshlari orasida alohida yutuqlarga erishib, ko‘pchilikka namuna bo‘layotgan yurtimiz yoshlari qatorida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Turkiy tillar fakulteti qoraqalpoq adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Qonisbay Sarsenbayev “Umid uchquni” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ko‘krak nishoni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayevning Shumanay tumani yoshlari bilan bo‘lib o‘tgan yangicha formatdagi uchrashuvida tantanali ravishda topshirildi.

Institutimiz o‘qituvchisi Qonisbay Sarsenbayevni erishgan yutuqlari bilan tabriklab, kelgusi ilmiy-pedagogik ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

NukusDPI matbuot xizmati.