Akademik litseylarga kirish test sinovlari oʻtkazilish sanasi va vaqti aniq boʻldi
Kirish test sinovlari 2025-yil 24-iyul kuni respublikamizning barcha hududida, 25-iyul kuni Toshkent shahrida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada oʻtkaziladi.
Test sinovlarini oʻtkazilish vaqti:
– birinchi smena soat 09:00 da;
– ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi.
Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar quyidagi tartibda test sinovlariga kirish ruxsatnomasini olishi mumkin:
1) my.edu.uz platformasida shaxsiy kabinetga login va parol bilan kirgan holda yuklab olishi;
2) Bevosita hujjat topshirgan akademik litseydan borib olishi mumkin.
Eslatma: Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1,5 (bir yarim) soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.
Test sinovi o‘tkaziladigan hudud abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari
IQ aniqlash bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxati
NukusDPI matbuot xizmati.