Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi
Oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida ishtirok etgan abituriyentlar 15 kun davomida quyidagilarni tanlashi lozim:
– oliy taʼlim muassasasi (test sinovi topshirgan fanlar majmuasiga mos ta’lim yo‘nalishi mavjud OTM);
– bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (test sinovi topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos yo‘nalish);
– taʼlim shakli (turli ta’lim shakllarini tanlash mumkin);
– tanlov ustuvorligi (“Davlat granti” yoki “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorliklaridan biri).
Abituriyentlar test sinovi topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos 5 tagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin.
Sayt manzili: my.uzbmb.uz (“Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi + “Xizmatdan foydalanish” tugmasi + “OTM tanlash”).
Muddat: 2025-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar (shu kuni ham).
Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.
NukusDPI matbuot xizmati.