NukusDPI matbuot kotibi Islam Matekov va magistrant Nursultan Nurniyazov Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tanlovlarda g‘oliblar qatoridan joy oldi

30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan bir necha yo‘nalishda ijodiy tanlovlar tashkil etildi.
E’tiborlisi, “Eng yaxshi fototo‘plam” tanlovi yakuniga ko‘ra Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti matbuot kotibi Islam Matekov “Pedinstitut – ko‘p millatli ahil oila” nomli fotosuratlar to‘plami uchun faxrli 2-o‘rinni egalladi.
Shuningdek, “Eng yaxshi qisqa videorolik” tanlovi natijalariga ko‘ra institutning xorijiy til va adabiyot: ingliz tili mutaxassisligining 2-kurs magistranti Nursultan Nurniyazov faxrli 2-o‘ringa munosib deb topildi.
G‘olib va sovrindorlar 30-iyul kuni Taxtako‘pir tumanidagi “Qarateren” ekoturizm majmuasida o‘tkazilgan gala-konsert dasturida tantanali ravishda taqdirlandi.
NukusDPI matbuot xizmati.