5-avgust – davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun onlayn ariza yuborishning so‘nggi kuni
2025-2026-o‘quv yili uchun respublikamizdagi davlat oliy ta’lim muassasalariga talabalarning o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha onlayn ariza yuborish bugun, 5-avgust kuni yakunlanadi.
Eslatib o‘tamiz, arizalar quyidagi elektron platformalar orqali bugun soat 23:59 gacha onlayn tarzda qabul qilinadi:
– ikkita uzrli sababga ko‘ra respublikaning bir davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga yoki bir oliy ta’lim muassasasi doirasida – “transfer.edu.uz”;
– xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga – “my.uzbmb.uz”.
NukusDPI matbuot xizmati.