NukusDPI bitiruvchisi Davronbek Yendirbayev xalqaro tanlovda 1-o‘rinni egalladi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining 2024-2025-o‘quv yilidagi musiqa ta’limi va san’at magistratura mutaxassisligi bitiruvchisi, taniqli jirov Davronbek Yendirbayev joriy yilning 25-30-iyul kunlari oralig‘ida Qirg‘iziston Respublikasining Issiqko‘l viloyati Jeti-Oʻguz tumanida o‘tkazilgan “IX Xalqaro etno-festival” tanlovida g‘olib bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash kerak, institutimiz bitiruvchisi Davronbek Yendirbayev hozirgi vaqtda poytaxtimiz Nukus shahridagi Amet baxshi nomidagi 12-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida o‘qituvchi bo‘lib ishlamoqda.