“Dolzarb 90 kun”: NukusDPI jamoasi uchun Buxoroga sayohat tashkil etildi
Joriy yilning 22-24-avgust kunlari oralig‘ida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining bir guruh pedagog va mutaxassis xodimlari, shuningdek, talaba-yoshlari uchun “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida Buxoro shahriga sayohat tashkil etildi.
Institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi va rektorati o‘rtasida tuzilgan jamoat shartnomasi bandlarining bajarilishini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan sayohat davomida ishtirokchilar shaharning tarixiy-arxitektura yodgorliklari va ziyorat joylarida bo‘lib, katta taassurotlar olib qaytdi.