“Dolzarb 90 kun” doirasida talabalar va maktab o‘quvchilari bilan adabiy kecha tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Turkiy tillar fakultetida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida talabalar va maktab o‘quvchilarining yozgi ta’til davrini mazmunli o‘tkazish, ularni kitobxonlikka yo‘naltirish maqsadida adabiy kecha tashkil etildi.

Fakultet tyutorlari rahbarligida o‘tkazilgan kechada kitob mutolaasi orqali yoshlarning ma’naviy olamini boyitish, yoshlarga mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish, gazeta-jurnallarni o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish borasida targ‘ibot ishlari olib borildi.

NukusDPI matbuot xizmati.