NukusDPIda 500 o‘ringa mo‘ljallangan yangi talabalar turar joyi qurilmoqda

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlariga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, bugungi kunda umumiy 2393 o‘rinli talabalar turar joylari faoliyat yuritmoqda.

Ayni paytda talabalarning turar joyga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib, “HAYAT GROUP” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlikda davlat-xususiy sheriklik asosida smeta-loyiha qiymati 31,5 milliard so‘m bo‘lgan 500 o‘ringa mo‘ljallangan 6 qavatdan iborat yangi talabalar turar joyining qurilish ishlari olib borilmoqda.

Yoshlar ta’lim-tarbiyasini tashkil etishda ularning ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilashning ahamiyati juda katta. Talabalarning turar joy bilan ta’minlanishi – ularning tinch va xavfsiz muhitda yashashi, muntazam o‘qishi va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishiga zamin yaratadi.

NukusDPI matbuot xizmati.