NukusDPIda birinchi kurs talabalari uchun o‘quv yili boshlandi
Bugun, 3-sentyabr kuni respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari qatorida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2025-2026-o‘quv yilida birinchi kursga tavsiya etilgan talabalar uchun o‘quv yili boshlandi.
Dastlabki darslar “Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun” shiori ostida “Mustaqillik darslari” bilan davom etib, talabalarga ta’lim yo‘nalishlari, o‘quv jarayoni va institut hayoti haqida muhim ma’lumotlar berildi.
Institut jamoasi barcha talabalarni, shu jumladan, birinchi marta talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan yoshlarni samimiy tabriklaydi. Ularga ilm cho‘qqilarini zabt etishda, kelgusi o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.
NukusDPI matbuot xizmati.