Magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilingan magistrantlar diqqatiga!

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2025-2026-o‘quv yili magistratura mutaxassisliklarida 1-kurs magistrantlari uchun o‘qish shu yilning 3-sentyabr kuni soat 13:00 da institutning 5-sonli o‘quv binosida 4-qavatdagi o‘quv auditoriyalarida boshlanishini ma’lum qilamiz.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joiz, 2-kurs magistrantlari uchun o‘qish shu yilning 8-sentyabr kunidan boshlanadi.

NukusDPI matbuot xizmati.