Institutda “Rektor va yoshlar” uchrashuvi bo‘ldi

Bugun, 4-sentyabr kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Besh tashabbus olimpiadasi” yoshlar festivali doirasida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbirda institut rektori Alisher Ubbiyev, yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Bayrambay Gulimbetov, yoshlar ittifoqining faol a’zolari, joriy o‘quv yilida institutga o‘qishga tavsiya etilgan talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida talabalarning o‘quv jarayoni, ilmiy izlanishlar, turar joy bilan ta’minlash masalalari, bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazish, shuningdek, sport va madaniy tadbirlarda faol ishtirok etish imkoniyatlari bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Rektor talabalar bilan samimiy muloqot o‘tkazib, ularga yaratilayotgan sharoitlar, ilmiy va ijodiy loyihalarda faol ishtirok etish, xorijiy tillarni chuqur o‘rganish, shuningdek, kasbiy mahoratlarini oshirish bo‘yicha maslahatlar berdi.

Tadbir yakunida yoshlarning tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanishi, ularning ta’lim olishi va qobiliyatlarini rivojlantirishi uchun barcha sharoitlar yaratilishi ta’kidlandi.

NukusDPI matbuot xizmati.