“Besh tashabbus olimpiadasi” yoshlar festivali: NukusDPIda “Zukko kitobxon” tanlovi o‘tkazildi

Avval xabar berganimizdek, bugun, 4-sentyabr kuni yurtimiz bo‘ylab yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularning madaniyat, san’at, sport, kitobxonlik, axborot texnologiyalari, intellektual o‘yinlar va kasb-hunar sohalaridagi iqtidorlarini oshirish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” yoshlar festivali o‘tkazilmoqda.

Festival doirasida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazida Turkiy tillar, Boshlang‘ich ta’lim hamda Maktabgacha ta’lim fakultetlari tomonidan “Zukko kitobxon” tanlovi tashkil etildi.

Tanlovda talabalar o‘zlari o‘qigan badiiy asarlar haqida ma’lumotlar berdi.

Institutda festival doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

NukusDPI matbuot xizmati.