“Besh tashabbus olimpiadasi” yoshlar festivali: NukusDPIda basketbol bo‘yicha musobaqa tashkil etildi

Xabaringiz bor, bugun, 4-sentyabr kuni yurtimiz bo‘ylab yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularning madaniyat, san’at, sport, kitobxonlik, axborot texnologiyalari, intellektual o‘yinlar va kasb-hunar sohalaridagi iqtidorlarini oshirish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” yoshlar festivali o‘tkazilmoqda.

Festival doirasida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakultetida basketbol bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada talabalar o‘zlarining sport mahoratlari va jismoniy tayyorgarliklarini sinovdan o‘tkazdi.

Institutda festival doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

NukusDPI matbuot xizmati.