Atoqli qozoq mutafakkiri Abay Qo‘nonboy o‘g‘lining 180 yilligiga bag‘ishlangan adabiy kecha tashkil etildi

Bugun, 11-sentyabr kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazida mashhur qozoq mutafakkiri, shoir va ma’rifatparvar Abay Qo‘nonboy o‘g‘lining tug‘ilganiga 180 yil to‘lishiga bag‘ishlangan “She’r – so‘zning podshosi, so‘z sarasi” nomli adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Adabiy kechaga institutning qozoq, turkman tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, dotsent Iristi Quttimuratova, ushbu kafedra dotsenti Tursinay To‘rtkulbayeva, Qoraqalpog‘iston Respublikasi axborot-kutubxona markazi umumiy o‘quv zali sektori mudiri Bolg‘anay O‘teniyazova, elektron resurslardan foydalanish va o‘quv zallari mudiri Jibek Tileubbayeva, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va adabiyot ixlosmandlari bo‘lgan talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni axborot-resurs markazining xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Rita Amanbayeva kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Kechada so‘zga chiqqanlar Abayning boy ijodiy merosi, uning umuminsoniy g‘oyalari, xalqning ma’naviy dunyosi va madaniyatini yuksaltirishdagi o‘rni haqida ma’lumotlar berdi.

Talabalar tomonidan shoirning she’rlari, falsafiy so‘zlari ijro etildi.

Ushbu adabiy kecha yoshlar qalbida umuminsoniyatga mushtarak bo‘lgan adabiy meroslarni qadrlash va chuqur o‘rganish tuyg‘ularini uyg‘otishga xizmat qildi.

NukusDPI matbuot xizmati.