Nukus davlat pedagogika instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i bilan Seitnazarov Kuanishbay Kenesbayevich Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.

Ma’lumot uchun, texnika fanlari doktori, professor Kuanishbay Seitnazarov tayinlovga qadar Nukus davlat texnika universiteti sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

NukusDPI matbuot xizmati.