“English Language Fellow” dasturi vakillari institutga tashrif buyurdi
AQSH Davlat departamentining ingliz tili bo‘yicha mintaqaviy vakili Nargiza Nugmanova va “English Language Fellow” dasturi bo‘yicha ingliz tili o‘qituvchisi Marin Ekstrom Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi.
Institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Muxtar Ibragimov hamda Filologiya fakultetining tegishli mas’ullari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda xalqaro ta’lim loyihalari doirasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, talaba-yoshlarning ingliz tilini chuqur o‘rganishiga ko‘maklashish, professor-o‘qituvchilar bilan ilmiy-pedagogik yo‘nalishda samarali hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
Ingliz tili bo‘yicha xorijiy mutaxassisning institutda kelgusida faoliyat yuritishi ingliz tilini o‘qitish sifatini oshirish, akademik aloqalarni kengaytirish va institutning xalqaro aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Xalqaro dastur doirasida tashrif buyurgan mutaxassislar bildirilgan fikr-mulohazalar va yuksak darajada kutib olganlari uchun institut jamoasiga minnatdorlik bildirdi. Mehmonlar ingliz tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar bilan suhbatlashib, kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlarni belgilab oldi.
NukusDPI matbuot xizmati.