Yoshlarni kibertahdidlardan himoya qilish va kiberjinoyatlarning oldini olish – dolzarb masala
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Aniq fanlar fakultetida talaba-yoshlarni kibermakonda yuz berayotgan yangiliklardan xabardor qilish, ularni turli kibertahdidlardan himoya qilish va kiberjinoyatlarning oldini olish maqsadida targ‘ibot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
“Kiberjinoyatlarga qanchalik tayyormiz?” mavzusida o‘tkazilgan uchrashuvda fakultet dekanining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari Xalmurat Yesemuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimi, kapitan Shuhrat Uzaqbergenov, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar talabalarga internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshirilayotgan kiberjinoyatlarning turlari, ularning jamiyat va odamlar hayotiga salbiy ta’siri haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, ishtirokchilar kiberxavfsizlik qoidalari, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish yo‘llari va turli firibgarliklardan himoyalanish choralari haqida tushunchalarga ega bo‘ldi.
Uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
NukusDPI matbuot xizmati.