Respublika ishchi guruhi a’zolari institutda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining borishi bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining borishini o‘rganish bo‘yicha tashkil etilgan Respublika ishchi guruhi a’zolari Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi.
O‘rganish ishlari davomida ishchi guruh a’zolari talabalar turar joylarida isitish tizimlari, tabiiy gaz, elektr energiyasi va suv ta’minotining holati, yong‘in xavfsizligi uskunalarini ko‘zdan kechirdi.
Shuningdek, mavsumiy ta’mirlash ishlari, issiqlikni saqlab turish choralari ko‘rilgani, talabalar va xodimlar uchun qulay sharoitlar yaratilganligi holatlari alohida e’tiborga olindi.
Bunday tadbirlar kuz-qish mavsumini xavfsiz va samarali o‘tkazishga xizmat qiladi.
NukusDPI matbuot xizmati.
