Institut psixologlari tomonidan talaba-yoshlar orasida seminar-treninglar o‘tkazilmoqda
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti psixologlari Guljamal To‘reniyazova va Elmira Gulimbetova tomonidan fakultetlar kesimida joriy o‘quv yilida 1-kursga talabalikka tavsiya etilgan yoshlar ishtirokida seminar-treninglar tashkil etilmoqda.
Xususan, Filologiya fakultetida bo‘lib o‘tgan shunday tadbirda talabalarning yangi muhitga moslashishi, psixologik ko‘nikmalarini o‘rganish, ularning shaxsiy rivojlanishi masalalari muhokama qilinib, yoshlarga zarur psixologik ko‘nikmalar berildi.
Shuningdek, Aniq fanlar fakultetida o‘tkazilgan seminar-trening davomida talabalar institut psixologlarining faoliyati, ularga murojaat qilish, psixologik maslahat va yordam olish imkoniyatlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldi.
Treninglarda talabalar o‘zaro muloqot, jamoa bilan ishlash, stressni boshqarish va motivatsiyani oshirishga yo‘naltirilgan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladi.