Institutda “Xon atlas” festivali bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, talaba-yoshlarda milliy urf-odat va an’analarga hurmat tuyg‘usini shakllantirish maqsadida “Xon atlas” festivali tashkil etildi.
Tadbir davomida talaba-qizlar milliy liboslar ko‘rgazmasi, badiiy-adabiy chiqishlar va ijodiy kompozitsiyalar orqali o‘z iste’dodlarini namoyish etdi. Festivalda ishtirokchilarga ajdodlardan meros bo‘lib kelayotgan “Atlas” va “Adras” matolarining yaratilish tarixi, ularning o‘ziga xos bezaklari va hozirgi kunda qo‘llanilishi haqida ma’lumotlar berildi.
Bunday tadbirlar talaba-yoshlarning ma’naviy olamini boyitish bilan birga, ularning milliy qadriyatlarga bo‘lgan qiziqishi va e’tiborini mustahkamlashga ham xizmat qiladi.
NukusDPI matbuot xizmati.
