Kiberjinoyatlarning oldini olish masalasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun, 17-sentyabr kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Talabalar xavfsizligi oyligi” doirasida yoshlar o‘rtasida internetdan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini shakllantirish va kiberjinoyatlarning oldini olish maqsadida “Kiberjinoyatchilikning erta oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi mutaxassislari Sh.Uzaqbergenov, A.Xodjaev, institutning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi G.Dalibaeva, Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti dekanati vakillari, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda institutning yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Bazarbayev va mehmonlar so‘zga chiqib, kiberjinoyat tushunchasi va uning turlari, yoshlar orasida keng tarqalayotgan kiberxavflar va ularning oqibatlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, talabalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, yolg‘on xabar va firibgarlardan ehtiyot bo‘lish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldi.
NukusDPI matbuot xizmati.
