Talabalar turar joyida intellektual o‘yin tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti xotin-qizlar maslahat kengashi va pedagog-tarbiyachilar tashabbusi bilan 1-sonli talabalar turar joyida yashovchi talaba-qizlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Tadbirda institut rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sayyora Bekchanova talabalarni yil davomida o‘quv va jamoat ishlarida faol ishtirok etib, o‘z bilim va qobiliyatlarini oshirib borishga chaqirdi.

Talaba-qizlarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ular o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish va bilimli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan o‘yinda ishtirokchilar har sohadan tuzilgan qiziqarli va mantiqiy savollarga javob berishga harakat qildi.

NukusDPI matbuot xizmati.