Ellikqal’a fakultetida bilimli va iqtidorli yoshlar ishtirokida intellektual o‘yin o‘tkazildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining Ellikqal’a fakultetida talabalarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ularning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida “Zakovat QIUZ” o‘yini tashkil etildi.
Intellektual o‘yinda fakultet talabalaridan iborat jami 12 ta jamoa ishtirok etdi.
O‘yin yakunida “O‘zbek tili” jamoasi 1-o‘rin, “Renessans” jamoasi 2-o‘rin, “Liderlar” jamoasi 3-o‘rinni egalladi.
Ma’lumot o‘rnida, joriy o‘quv yilidan boshlab fakultet talabalaridan tuzilgan jamoalar “Talabalar ligasi” sinxron turnirida ishtirok etmoqda.
