Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti dekani talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetida joriy o‘quv yilida 1-kursga qabul qilingan talabalar ishtirokida “Dekan va talaba-yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda fakultet dekani Muhabbat Allambergenova, shuningdek, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar institutda talabalarning o‘qishi, o‘z qobiliyatlarini rivojlantirishlari uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, talabalarning taklif va savollariga javob berib, ularga kasbiy salohiyatini oshirish, ilmiy ishlarda faol ishtirok etish va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha o‘z maslahatlarini berdi.
