Mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida kasaba uyushmasi hamda mehnat muhofazasi bo‘limi bilan hamkorlikda Mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash, baxtsiz hodisalarning oldini olish, kasb kasalliklari profilaktikasi bo‘yicha Manzilli dasturda belgilangan vazifalarga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda institutning yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi metodisti Yerniyaz Qasimov va institut fuqaro va mehnatni muhofaza qilish bo‘limi muhandisi Bayram Tajimuratov xodimlarga yangi tahrirdagi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmuni va ahamiyati, xodimlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish bo‘yicha belgilangan vazifalar haqida keng tushunchalar berdi.

NukusDPI matbuot xizmati.