Fakultetlardagi yoshlar yetakchiligiga nomzodlar bilan suhbat o‘tkazildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining fakultetlardagi yetakchiligiga hamda talabalar kengashi yetakchisi bo‘lishga nomzod talabalar bilan suhbat o‘tkazildi.

Suhbatda nomzodlarning talabalar bilan ishlash va tashkilotchilik qobiliyatlari bilan birgalikda kelgusida amalga oshiriladigan ishlari bo‘yicha loyihalari ko‘rib chiqildi.

Institutning yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Aybek Bazarbayev, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Bayrambay Gulimbetov hamda metodist Yerniyaz Qasimov nomzodlarning fikr-mulohazalari, tashabbuslarini tinglab, o‘z maslahatlarini berdi.

NukusDPI matbuot xizmati.