Ellikqal’a fakultetida “Dekan va talaba-yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Ellikqal’a fakultetida talabalarning o‘quv jarayonidagi yutuqlari, shuningdek, muammolarini muhokama qilish, ularning takliflari va tashabbuslarini tinglash maqsadida “Dekan va yalaba-yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda fakultet dekani Ergash Asamaddinov institut va fakultetda talabalarning o‘qishi, qobiliyatlarini yuzaga chiqarishi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berdi.

Tadbir davomida dekan talabalarni ilmiy-tadqiqot va jamoat ishlarida faol ishtirok etishga, kitobxonlikka chorladi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berdi, o‘quv jarayonida duch kelayotgan ayrim qiyinchiliklar va kelajakdagi rejalarini aytdi.

Shuningdek, uchrashuvda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, turli to‘garaklar va madaniy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish yuzasidan fikr almashildi. Tadbir ochiq muloqot tarzida davom etdi.