Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakultetida “Dekan va talaba-yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakultetida talaba-yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning fikr-mulohazalarini tinglash va dolzarb masalalarni birgalikda muhokama qilish maqsadida “Dekan va talaba-yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda fakultet dekani Ulbosin Seytjanova talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va ularni turli to‘garaklar hamda ilmiy loyihalarga jalb etish masalalari bo‘yicha keng tushunchalar berib o‘tdi.
Tadbir davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.
Shuningdek, uchrashuvda fakultetning tegishli kafedra mudirlari va boshqa mas’ullari so‘zga chiqib, talabalarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq bo‘lib yetishishi, o‘z kasbiy bilim va ko‘nikmalarini doimiy rivojlantirib borishi zarurligini ta’kidladi.
