Xodimlarga bayram sovg‘alari topshirildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayrami munosabati bilan barcha fakultetlar, kafedralar va bo‘limlarda bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Bayram arafasida institutda ilmiy-pedagogik, ma’naviy-ma’rifiy va yoshlar ta’lim-tarbiyasi sohasida fidokorona mehnat qilayotgan bir guruh xodimlar kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan rag‘batlantirildi va bayram sovg‘alari topshirildi.

Institutda bayramga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.

NukusDPI matbuot xizmati.