Yoshlar – hamisha e’tibor va ishonch markazida
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Quvondiq Qodirov 3-son talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar, ularning ta’lim-tarbiyasi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Prorektor yoshlarning tashabbus va takliflarini tinglab, ularning har bir fikri institut rahbariyati uchun muhim ekanini alohida ta’kidladi. Shuningdek, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, ijtimoiy faollikni oshirish va sog‘lom muhitni shakllantirish zarurligi haqida so‘z yuritildi.
Bunday muloqotlar nafaqat yoshlar muammolarini o‘rganish, balki ularga ishonch bildirish, kelajakka dadil qadam tashlashga ruhlantirishga xizmat qiladi. Zero, yoshlar – e’tibor va ishonch markazida.
NukusDPI matbuot xizmati.
