Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha nomzodlarni 2026-yil uchun doktoranturaga (DSc) qabul qilishini e’lon qiladi!

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha nomzodlarni 2026-yil uchun doktoranturaga (DSc) qabul qilishini e’lon qiladi!

Mutaxassisliklar

Kvota

10.00.01

O‘zbek tili

1

10.00.12

Qoraqalpoq adabiyoti

1

13.00.02

Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha)

1

Hujjatlar 2025-yil 5-oktyabrdan 5-noyabrgacha https://daraja.ilmiy.uz platformasi orqali qabul qilinadi.

Doktoranturada (DSc) o‘qish uchun talabgorlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:

1. Til bilish sertifikati B1, B2, C1, C2;

2. Ma’lumotnoma (Obyektivka);

3. Fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

4. DSc ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasi;

5. Nashr etilgan ilmiy ishlari va ularning nusxalari.

Huquqiy maslahat: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli qarori

Manzilimiz: Nukus shahri, P.Seytov ko‘chasi r/u.

Telefon: +99894 146-59-43