Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan ishlar, ularning mazmun-mohiyati va istiqboldagi rejalar bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.

Tadbirda boshlang‘ich tashkilotning fakultet yetakchilari, koordinatorlari, talabalar kengashi rahbarlari ishtirok etdi.

Seminarda Yoshlar ittifoqi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish va iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbir davomida yetakchilarning taklif va tashabbuslari tinglanib, amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

NukusDPI matbuot xizmati.