21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni

O‘zbek tili – dunyo tillari ichida eng qadimiy va boy tillardan biri bo‘lib, u ham milliy o‘ziga xoslik, ham davlat mustaqilligi ramzi, ham ma’naviy qadriyat hisoblanadi.
Bundan 36 yil oldin, ya’ni 1989-yil 21-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinib, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, respublikamizda 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.
Bugungi bayram bilan butun xalqimizni chin yurakdan tabriklaymiz. Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz!
NukusDPI matbuot xizmati.