Ellikqal’a fakultetida O‘zbek tili bayrami kuni nishonlandi

Har yili 21-oktyabr kuni yurtimizda O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun, ya’ni O‘zbek tili bayrami kuni keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Ellikqal’a fakultetida ham bayramona kayfiyat hukm surdi.

Tadbir davomida talabalar o‘z ijodiy chiqishlari, sahna ko‘rinishlari, she’r va qo‘shiqlari orqali ona tilimizning buyuk tarixi, ma’naviy qadriyati va jozibali go‘zalligini yoritib berdilar. O‘zbek tilining xalqimiz hayotidagi o‘rni, milliy g‘urur va o‘zligimiz timsoli sifatidagi ahamiyati yana bir bor yodga olindi. Bayram tadbirini fakultet dekani E.Asamaddinov ochib berib, til – millatning ruhi, uning tarixiy merosi va istiqbol sari yo‘l ko‘rsatuvchi nur ekanini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, faol ishtirok etgan talabalar va tashabbuskor guruhlar fakultet rahbariyati tomonidan faxriy yorliqlar taqdirlandilar.