“Maʼrifat ulashib” loyihasi mehmonlari talabalar turar joyida yoshlar bilan suhbatlashdi

Аjiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida oʻtkazilgan “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida ijodkor ustozlar – “Sharq yulduzi” jurnali bosh muharriri o‘rinbosari, taniqli shoir, “Do‘stlik” ordeni sohibi Aziz Said, “Zarafshon” gazetasi bo‘lim boshlig‘i, taniqli yozuvchi Isomiddin Po‘latov institutning 3-son talabalar turar joyida boʻlib, bu yerdagi sharoitlar bilan tanishdi hamda yoshlar bilan suhbatlashdi.
Suhbat jarayonida mehmonlar yotoqxonada yaratilgan imkoniyatlarga yuqori baho berib, yoshlarni mana shunday sharoitlardan samarali foydalanishga chorladi va mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qoʻsha oladigan kadrlar boʻlib yetishishiga tilakdoshlik bildirdi.
Tadbir davomida nazm va nasrga qiziqadigan talabalar ustozlardan ijodiy ishlari boʻyicha maslahatlar oldi.
NukusDPI matbuot xizmati.
