Ommaviy diktant tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganining 36 yilligi hamda 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida o‘tkazilgan ommaviy diktant tanlovining g‘oliblari aniqlandi.
Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda Filologiya fakulteti tomonidan tashkil etilgan ushbu tanlovda 150 dan ortiq talaba-yoshlar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.
Tanlov yakunlari bo‘yicha davlat tili me’yorlariga javob beradigan eng yaxshi diktant ishlari aniqlanib, g‘oliblar va sovrindorlar diplom hamda institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Mazkur tashabbus yoshlar orasida o‘zbek tiliga hurmat, savodxonlik va imlo madaniyatini oshirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
NukusDPI matbuot xizmati.
