Ertaga Nukusda “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Ertaga, 23-oktyabr kuni Nukus shahridagi 1-sonli sport maktabida bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, ularning kasbiy yo‘nalishini aniqlash va biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Bugun tashkilotchilar va barcha oliy ta’lim muassasalari tomonidan tayyorgarlik ishlari qizg‘in olib borildi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joiz, “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasida 80 ga yaqin korxona va tashkilotlar 700 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishi kutilmoqda, shu bilan birga, ishtirokchilar amaliyot va stajirovkalarda qatnashib, seminar-treninglar va tadbirkorlik imkoniyatlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Barchangizni “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasiga taklif etamiz.