“TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasi – yoshlar uchun imkoniyatlar maydoni

Avval xabar berganimizdek, poytaxtimiz Nukus shahrida bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, ularning kasbiy yo‘nalishini aniqlash va biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazma doirasida “O‘zmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi tomonidan yoshlar o‘rtasida imtiyozli kreditlar va moliyaviy savodxonlikni targ‘ib qilish maqsadida seminar-treninglar, motivatsion uchrashuvlar tashkil etildi.

Shu bilan birga, “Kelajakka qadam” dasturi doirasida imtiyozli kredit olib, o‘z tadbirkorliklarini yo‘lga qo‘yayotgan bir guruh bitiruvchi talabalarga vaucherlar topshirildi.

Tadbirda oliy ta’lim muassasalarining faol talaba-yoshlari hamda ko‘rgazmani yuqori saviyada tashkil etishga hissa qo‘shgan korxona va tashkilotlar, oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, banklar jamoalariga tashakkurnomalar topshirildi.

NukusDPI matbuot xizmati.