Stritbol bo‘yicha fakultetlar o‘rtasida musobaqa tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining fakultetlararo bosqichi yuqori saviyada davom etmoqda.

Stritbol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada talabalar o‘zlarining sport mahorati va jismoniy imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi.

Musobaqa yakunida, erkaklar o‘rtasida:

1-o‘rin – Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti;
2-o‘rin – Aniq fanlar fakulteti;
3-o‘rin – Tabiiy fanlar fakulteti;

Shuningdek, qizlar o‘rtasida:

1-o‘rin – Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti;
2-o‘rin – Tabiiy fanlar fakulteti;
3-o‘rin – Aniq fanlar fakulteti jamoalariga nasib etdi.

Institutda “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari davom etmoqda.

NukusDPI matbuot xizmati.