Osh festivali – hamjihatlik, do‘stlik va mehr ramzi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan 1-sonli talabalar turar joyida “Osh festivali” tashkil etildi.

Festivalda institutning barcha fakultetlaridan talaba-qizlar ishtirok etib, osh tayyorlash bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zaro do‘stona muhitda fikr almashdi, ular o‘rtasida milliy qadriyatlarimiz va mehmondo‘stlik an’analari targ‘ib qilindi.

Festivalda eng mazali va chiroyli bezatilgan taomlar hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan baholanib, barcha ishtirokchilar turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi.

NukusDPI matbuot xizmati.