Ko‘p yillik samarali mehnat samarasi

Avval xabar berganimizdek, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Aniq fanlar fakulteti texnologik ta’lim kafedrasi dotsenti Ibragimov Bayniyaz Aytbayevich fan, ta’lim, yoshlar ta’lim-tarbiyasi yo‘nalishidagi ko‘p yillik fidokorona va samarali xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan edi.

Institut rektori Alisher Ubbiyev dotsent Bayniyaz Ibragimovni samimiy tabriklab, kelgusi ilmiy-pedagogik ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi va ko‘krak nishonini topshirdi.

NukusDPI matbuot xizmati.