NukusDPIda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi Murat Kamalov institutning boshlang‘ich tashkilot koordinatorlari, faol talaba-yoshlari bilan uchrashib, ularning fikr-mulohazalari hamda takliflarini tingladi.

Uchrashuv davomida talabalar o‘quv jarayoni, ilmiy izlanishlar, bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, shuningdek, xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha takliflarini bildirdi.

Tadbirda yoshlarning tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanishi, ularning ta’lim olishi va qobiliyatlarini rivojlantirishi uchun barcha sharoitlar yaratilishi ta’kidlandi.

Uchrashuvdan so‘ng Murat Kamalov institutda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

NukusDPI matbuot xizmati.